PHP, HTML, CSS va JavaScript asosida web-tizimlar quraman, IDU (International Digital University) talabasiman va Cybersecurity yo'nalishini o'rganaman.
Gym uchun to'liq boshqaruv tizimi — a'zolar abonementlarini (FAOL / TUGAMOQDA / TUGAGAN) kuzatish, sport ozuqasi sotuvini yuritish va Telegram orqali real vaqtda bildirishnomalar yuborish. PHP + JSON flat-file arxitekturasi asosida qurilgan, shared hosting ga tayyor.
Mahsulot va xizmatlar savdosini boshqarish, mijozlar bazasini yuritish va sotuv ko'rsatkichlarini AI yordamida tahlil qiluvchi tizim.
Xodimlar yoki o'quvchilarning davomatini avtomatik qayd etuvchi, real vaqtda hisobot generatsiya qiluvchi tizim.
Premium loft mebel do'koni uchun to'liq korporativ e-commerce sayt. Mijoz uchun katalog, online buyurtma va 3D ko'rinish; egasi uchun mahsulot, matn, sharh va buyurtmalarni boshqaruvchi admin panel. Har bir buyurtma Telegram botga real vaqtda tushadi. (LOFTERA brendining dastlabki versiyasi.)
Loft uslubidagi mebel va metall brendi uchun to'liq korporativ e-commerce sayt. Mijoz uchun katalog, online buyurtma va 3D ko'rinish; egasi uchun mahsulot, matn, sharh va buyurtmalarni boshqaruvchi admin panel. Har bir buyurtma Telegram botga real vaqtda tushadi.
Metall-yog'och loft mebel ustasi Saliyev Ruslan uchun shaxsiy studio-portfolio sayt. Bajarilgan loyihalar, xizmatlar va asoschi haqida bo'lim; buyurtma formasi orqali so'rovlar to'g'ridan-to'g'ri Telegram botga yuboriladi.
Onlayn to'lovlarni qabul qilish platformasi — PayX API orqali Click, OSON, Payme va Xazna integratsiyasi. Foydalanuvchi summani kiritadi, komissiya real vaqtda hisoblanadi, to'lov tasdiqlangach Telegram botga bildirishnoma tushadi.
Toshkent shahridagi linza do'koni uchun to'liq e-commerce tizimi — mijoz sayt va admin panel. Do'konda oflayn sotuv, online buyurtma, ombor zaxirasi, chek chiqarish va qaytarish moduli. PHP + JSON flat-file arxitekturasi, shared hosting ga tayyor.